“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq 2022-yil 16-sentyabrda Samarqand shahrida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum tasdiqlandi.
Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuborish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlariga ushbu shartnomaning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash yuklatiladi, deb xabar beradi “Norma”.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 7-martdan kuchga kirdi.