O‘zbekistonning Global Export kompaniyasi Fransiyadagi O‘zbekiston Elchixonasi va Eksportni Rag‘batlantirish Agentligi ko‘magida Bonduelle mashhur fransuz kompaniyasi uchun dukkakli ekinlarning birinchi partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasiga asoslanib UzNews.uz xabar berdi.
Global Export fransuz importchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilgan faol ishlar natijasida Fransiya bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni boshlagan O‘zbekistonning birinchi eksportchilaridan biri hisoblanadi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning yevropa Ittifoqi Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) imtiyozlari foydalanuvchisi maqomini qo‘lga kiritishi doirasida Global Export o‘zbek kompaniyasi Fransiya bozoriga dukkakli ekinlar hamda meva sabzavot mahsulotlarining eksportini ko‘paytirmoqch, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.