Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev vafot etdi

    FA prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va eʼtirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Sodiqovich Yoʻldoshev 2024-yilning 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

    Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

    Behzod Yoʻldoshev 1945-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. U 1968-yilda ToshDUni tugatgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990-yildan) boʻlgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1984—90). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (2000-2006) sifatida faoliyat yuritgan.

    Olim bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar aʼzosi, xorijiy universitetlar faxriy doktori. ESO xalqaro mukofoti laureati, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi va "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan.

    Shuningdek, Behzod Yoʻldoshev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar aʼzosi, xorijiy universitetlar faxriy doktori boʻlgan.

    Yuz.uz tahririyati marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.