Fransiya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 3-yanvarda tan oldi, 1992-yil 1-martda esa ikki davlat oʻrtasida protokol imzolanib, diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan.

Diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan Parij shahridagi Luvr muzeyida “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida” nomli ko‘rgazma tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda. Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning qadimiy tarixiga oid buyumlar namoyish etiladi.