Oʻzbekiston Fransiya kompaniyasidan 17 ta samolyot sotib oladi

    Transport 23 Noyabr 2022 1467

    Shuningdek, 21 million yevroga 2 ta “Airbus N145” vertolyotlari sotib olinadi.

    “Airbus” kompaniyasi va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, 694,3 million yevroga 8 ta “Airbus A-320 NEO” va 4 ta “Airbus A-321 NEO”, shuningdek, 21 million yevroga 2 ta “Airbus N145” vertolyotlari sotib olinadi.

    Bundan tashqari, “Silk Avia” aviakompaniyasi uchun 100 mln yevroga “ATR 72-600” samolyotlari yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan.