Bu haqda TIV matbuot kotibi Axror Burxanov maʼlum qildi.
«2023-2025-yillarda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, Oʻmon, Eron kabi 10 ga yaqin davlat bilan vizasiz rejim joriy etildi, — deb yozadi TIV matbuot kotibi Axror Burxanov oʻzining telegram-kanalida. — Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Vetnam kabi bir qator mamlakatlar fuqarolarimiz uchun viza tartibini yengillashtirdi.
Hozirgi vaqtda oʻnlab davlatlar bilan fuqarolarimizning xorijga chiqishini yanada osonlashtirish boʻyicha faol muzokaralar davom etmoqda. Tashqi ishlar vazirligi ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarini izchil davom ettirib, Oʻzbekiston fuqarolariga xalqaro maydonda kengroq imkoniyatlar yaratadi«.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz kirish imkoniyatiga ega:
- Antigua va Barbuda
- Armaniston
- Barbados
- Belarus
- Birlashgan Arab Amirliklari
- Dominika
- Eron
- Falastin
- Filippin
- Gaiti
- Gambiya
- Gruziya
- Grenada
- Keniya
- Kot-dʼIvuar
- Malayziya
- Mikroneziya
- Moʻgʻuliston
- Moldova
- Namibiya
- Ozarbayjon
- Qirgʻiz Respublikasi
- Qozogʻiston
- Rossiya
- Sent-Vinsent va Grenadin orollari
- Seyshel orollari
- Shri-Lanka
- Surinam
- Tailand
- Tojikiston
- Turkiya
- Ukraina
- Xitoy Xalq Respublikasi
- Oʻmon
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga kirib kelganda viza olishlari mumkin (Visa on arrival):
- Boliviya
- Burundi
- Gvineya-Bisau
- Indoneziya
- Iordaniya
- Kabo-Verde
- Kambodja
- Komor orollari
- Laos
- Livan
- Madagaskar
- Makao
- Maldiv orollari
- Mavrikiy
- Mavritaniya
- Mozambik
- Nepal
- Nikaragua
- Palau
- Qatar
- Ruanda
- Samoa
- Saudiya Arabistoni
- Serra-Leone
- Togo
- Tuvalu
- Yamayka
- Zimbabve
- Sharqiy Timor
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga kirish uchun elektron viza olishlari mumkin (e-visa):
- Efiopiya
- Ekvatorial Gvineya
- Gabon
- Gvineya
- Hindiston
- Janubiy Sudan
- Jibuti
- Kongo Demokratik Respublikasi
- Lesoto
- Malavi
- Nigeriya
- Uganda
- Vetnam









