Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya qoʻshinlari safiga koʻngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani toʻgʻrisida chop etilgan maʼlumot yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi mazkur davlat Tashqi ishlar vazirligiga tegishli soʻrov yuborgan.
“Ushbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingan boʻlib, Ukraina tomonidan yuqoridagi maʼlumot tasdiqlangan taqdirda, fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish boʻyicha kerakli barcha chora-tadbirlar koʻriladi”, — deyiladi xabarda.