Ziyoratchilarni Jidda shahridagi Podshoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda Bosh konsulxona xodimlari va Saudiya tomonidan “Marmar” kompaniyasi vakillari kutib olishdi.
Saudiya Arabistoniga umra amallarini ado etish maqsadida kelgan yurtdoshlarimiz avtobuslarda Madina shahriga kuzatildi.
Bosh konsulxona mavsumni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni o‘z nazoratiga olgan. Ziyoratchilarga O‘zbekiston Haj komissiyasi tomonidan yuborilgan ishchi guruh aʼzolari va malakali shifokorlar hamrohlik qilmoqda.