Uchrashuvda ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy ish beruvchilar talabidan kelib chiqqan holda fuqarolarning malakasini oshirish uchun kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maxsus kurslar va monomarkazlar tashkil etilayotganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Yakutiya Tashqi aloqalar va xalq ishlari vaziri G.Kirillin koronavirus pandemiyasi davrida Yakutiyada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ishlab chiqarish va boshqa koʻplab sohalarda ishchi kuchlari yetishmayotgani va ularga boʻlgan talab yuqoriligi haqida soʻz yuritib, Oʻzbekiston bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Bosh konsulxona tomonidan tadbir ishtirokchilariga koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga charter reyslar orqali olib kelish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot berilib, ish beruvchilarning imkoniyatlari, mehnat migrantlariga yaratib beriladigan sharoitlar, ularga qoʻyiladigan talablar va ish haqi miqdori kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.Oʻzbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarimizni ishga joylashtirish masalalari boʻyicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Saxa Respublikasining (Yakutiya) vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi.Oʻzbekiston fuqarolari Yakutiyaga ishga jalb etiladi