Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi!

    Sport 1 Noyabr 2023 1143

    Mazkur nominatsiyada Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi nomzodlari koʻrsatilgan edi.

    Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Quvonarli tomoni, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

    Qayd etish joiz, oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda oʻzaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor U-23 va U-20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga aʼzo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi mamlakatimizda oʻtkazildi. Qitʼa miqyosidagi turli saralash bahslari, klublar oʻrtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida OʻFA faollik koʻrsatdi. Ushbu saʼy-harakatlar OFK tomonidan munosib eʼtirof etildi.

    Mazkur nominatsiyada Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi nomzodlari koʻrsatilgan edi.