Misr, Qatar va Turkiyaning ushbu muhim jarayonda muvofiqlashtirilgan faoliyatini va ularning muhim rolini yuqori baholaymiz. Mazkur saʼy-harakatlar zoʻravonlikni tez fursatda toʻxtatish, gumanitar inqirozni yengillashtirish hamda siyosiy muloqotni tiklash uchun zamin yaratmoqda.
Oʻzbekiston doimo xalqaro huquq meʼyorlari va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida Yaqin Sharqda mustahkam va adolatli tinchlik oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻt ochishni toʻxtatish vaqtinchalik chora emas, balki tomonlar oʻrtasida xavfsizlikni taʼminlash, barqaror hamjihatlikni oʻrnatish va oʻzaro ishonchni tiklashga qaratilgan uzoq muddatli siyosiy yechim sari muhim qadam boʻlishiga ishonchimiz komil.
Oʻzbekiston Respublikasi Yaqin Sharqda tinchlik, barqarorlik va gumanitar yengillikni taʼminlashga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarga konstruktiv hissa qoʻshishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi.








