“ITB Berlin”: O‘zbekiston Germaniyadagi xalqaro ko‘rgazmada qatnashmoqda

    Yurtimizning Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida “ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendida mamlakatimiz milliy an’analari, urf-odat va marosimlari madaniy chiqishlar orqali namoyish etildi.

    Madaniyat va turizm vazirining Birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov boshchiligidagi delegatsiya vazirlik mutasaddilari, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazi, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari, jumladan, “Compass”, “Creative Tours”, “Peopletravel”, “Asia Tour Elit”, “Asia Advetures”, “Euroasia Travel”, “Central Asia Travel”, “Marakand Travel”, “Sezam Travel” va “Silk Road travel” xodimlaridan iborat.

    Yurtimizning Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida “ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendida mamlakatimiz milliy an’analari, urf-odat va marosimlari madaniy chiqishlar orqali namoyish etildi.

    Shu bilan birga, ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq mamlakatimizning rasmiy vakillari yurtimiz turizm salohiyatini xorijda keng ommalashtirish va turistlar oqimi ko‘paytirish yuzasidan biznes uchrashuvlar o‘tkazishdi.

    “BBC news” telekanali, Avstraliyaning “Lonely Planet” nashrlar kompaniyasi, Koreyaning “Curious Korea” sayohat kompaniyasi, Germaniyaning “Travel Dudes.com” media kompaniyasi va “Amedeus” IT kompaniyasi, Turkmanistonning “Pearl of Asia” sayohat kompaniyasi, Saudiya Arabistonining “Saudi International Travel Company” sayohat kompaniyasi, shuningdek, Hindistonning “OTM” ko‘rgazmasi hamda “Indian Railway Catering & Tourism Corporation Ltd” turizm korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, hamkorlik shartnomalari imzolandi.

    Ko‘rgazma doirasida bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

    Qolaversa, Yaponiya, Germaniya, Indoneziya, Shveytsariya va Rossiya kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Ma’lumot uchun, “ITB Berlin” 1966-yildan buyon turizm bo‘yicha dunyodagi yetakchi savdo yarmarkasi hisoblanadi.