Oʻzbekiston Germaniyaga 5,4 mln. AQSH dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan

    Joriy yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston Germaniyaga 5,4 mln. AQSH dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 722 ming AQSH dollariga koʻp.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi savdo aylanmasi 483,6 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Bunda eskport 45,6 mln. va import hajmi 438,0 mln. AQSH dollariga teng.

    Oʻzbekistonning Germaniyaga eksporti tarkibi:

    Xizmatlar – 30,9 mln. AQSH dollari
    Oziq-ovqat mahsulotlari – 5,4 mln.
    Toʻqimachilik mahsulotlari – 4,5 mln.
    Kimyoviy mahsulotlar – 2,4 mln.
    Boshqa mahsulotlar – 2,4 mln.