Mazkur tadbir butun dunyodan sayyohlik sohasida chuqur bilimga ega 70 dan ziyod mutaxassislarni oʻzida toʻplaydi.

Oʻzbekistondan ushbu sammitda Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etadi (onlayn formatda). Shuningdek, tadbirda Indoneziya vitse-prezidenti, Maldiv Orollari turizm vaziri va Malayziya turizm, sanʼat va madaniyat vaziri qatnashadi.

Sammit yakunida “Halal in Travel” mukofoti taqdimoti boʻlib oʻtadi. Ushbu mukofotlar turli toiflarni qamrab oluvchi musulmonlar hayot tarzidagi sayohatlar segmentiga sezilarli hissa qoʻshgan yoʻnalishlar, tashkilotlar, kompaniyalar va shaxslar kesimida taqdim etiladi.