Koʻrgazmada Madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari Bahodir Ahmedov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Maʼlumki, shu kunlarda Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga aʼzo davlatlarda Oʻzbekistonning boy madaniyati va turizm imkoniyatlarini keng targʻib etish maqsadida 14 ta xorijiy davlatdan 21 nafar mahoratli fotograf ishtirokida mamlakatimizda Turk dunyosi fotograflari uchrashuvi loyihasi doirasida delegatsiya vakillari uchun yurtimiz boʻylab tashrifi tashkil etildi.
Turk dunyosi fotograflari uchrashuvi loyihasi doirasida delegatsiya vakillari uchun 2023-yil 30-iyun 20-iyul kunlari 21 nafar mahoratli fotograflar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, turizm qishloqlari va oilaviy mehmon uylari boʻylab info-turlar tashkil etildi.
Delegatsiyaning yurtimiz boʻylab sayohati va tasvirga olish ishlari davomida mamlakatimiz haqida keng maʼlumotlar beruvchi mediakontentlar tayyorlandi.
Ushbu koʻrgazmada Oʻzbekiston haqidagi 100 dona eng sara fotosuratlar namoyishga qoʻyildi va u 5 kun davomida ochiq boʻladi. Koʻrgazmadan soʻng, kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston badiiy akademiyasi binosida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi.
Tadbirda Madaniyat va turizm vazirligi vakillari hamda 14 ta xorijiy davlatdan 21 nafar mahoratli fotograflar Delegatsiya vakillari tashrif buyuradigan va tasvirga olish ishlarini amalga oshiradigan joylarda hududning etnografik urf-odatlarini aks ettiradigan sahna koʻrinishlari (toʻy marosimlari, milliy oʻyinlar va h.z.), milliy musiqa sanʼati ijrochilari, folklor va raqs jamoalari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etildi.