Ikkinchi oʻrinni Malayziya (82,1%), uchinchi oʻrinni esa AQSH (76,4%) egalladi.
Musobaqada dunyoning 19 ta davlatidan 34 ta jamoa ishtirok etdi. Ular 90 km masofani bosib oʻtish jarayonida 31 marotaba turli murakkab va kutilmagan toʻsiqlar hamda amaliy test sinovlarini bajarishlari lozim edi. Ushbu masofani harbiylarimiz 33 soat 34 daqiqada bosib oʻtdi.
Shuningdek, harbiylarimiz 80 kg vazndagi “yarador”ni 5 km masofaga tashish boʻyicha mutloq rekord (27 daqiqa) oʻrnatishdi.