O'zbekiston havoning ifloslanishi bo'yicha 20 o'rinda

    Yashil sayyora 21 Mart 2023 1411

    O'zbekiston havoning ifloslanishi bo'yicha yillik reytingda dunyo mamlakatlari orasida 33.5 mkg/ m3 natija bilan 20 o'rinni egalladi.

    Bunda PM2.5ning yillik kontsentratsiyasi me'yorlardan 6.7 marta yuqoriligini ko'rsatmoqda (JSST tomonidan belgilangan me'yor 5 mkg/ m3). O'zbekistonning reytindagi o'rni Toshkent shahridagi kuzatuv stantsiyasi ma'lumotlari asosida shakllantirilgan.

    O'rta Osiyoda faqat Tojikiston bizdan yuqori o'rinda turibdi. Qozog'istonning 5 shahri JSST tomonidan belgilangan me'rlardan past darajada.

    Havosi eng toza davlatlar Avstraliya, YAngi Zelandiya, Grenada, Finlandiya, estoniya va Islandiya mamlakatlaridir.

    Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarning (AQSH, Buyuk Britaniya, SHveytsariya va hok) reytingning quyi pog'onlarini egallashining sababi ushbu davlatlarda atrof-muhitni muhofaza qilishda ilg'or texnologiyalardan foydalangan holda injeneriyani keng jalb qilinishi hamda texnik tartibga solish hujjatlarining o'rni yuqoriligidadir.