баннер
29 Mar 2025
16:37

    Oʻzbekiston Hindistondagi eng yirik xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etyapti

    Turizm 21 Fevral 2025 1007

    2025-yil 19-21-fevral kunlari Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Hindistonda boʻlib oʻtayotgan “SATTE -2025” (South Asiaʼs Travel & Tourism Exchange) xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etyapti.

    Turizm qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan stendda Oʻzbekistonning oʻnta yirik turoperator va agentliklari mamlakatimizning eng yangi sayyohlik yoʻnalishlari, madaniy diqqatga sazovor joylar va yangi infratuzilma obyektlari, shuningdek, hindistonlik sayyohlar uchun maxsus takliflar namoyish etilyapti.

    Koʻrgazma davomida xorijiy ishtirokchilar va yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati, boy madaniy va tarixiy merosi haqida batafsil maʼlumot oldilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Mamlakatimizni nafaqat Hindistonda, balki Janubiy Osiyoning barcha mamlakatlarida targʻib etish va xorijiy sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida konferensiya va seminarlarda ishtirok etish, sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va “B2B” uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

    “SATTE” 50 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi va 40 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb etadigan Janubiy Osiyodagi yetakchi sayyohlik koʻrgazmasi sifatida tan olingan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech