Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilib, soʻngra Hindistonga yoʻl oldi.

Qayd etilishicha, port uchun bu “muhim bosqich” va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Pokiston Oʻzbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi. 2022-yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor Oʻzbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afgʻoniston orqali tranzit qilib joʻnatgan edi, deb yozadi "Nigoh" telegram kanali.