O'zbekiston hududida reklama davlat tilida tarqatiladi

    Yangi qonunga asosan O'zbekiston hududida reklama davlat tilida tarqatiladi.

    Shuningdek:

    ➖ reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma'noni buzib ko'rsatmasligi;

    ➖tashqi reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal joylashtirilishi va reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi;

    ➖ reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o'lchami davlat tilidagi reklama matni harfining o'lchamidan kichik bo'lishi;

    ➖ OAVda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oshmasligi kerak.

    ➖ Ushbu talablar faqat chet tillarda e'lon qilinadigan bosma nashrlarda va noshirlik mahsulotining boshqa turlarida joylashtiriladigan reklamaga;

    ➖ ko'rsatuvni chet tillarda amalga oshiruvchi OAVning tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarini namoyish etish jarayonida joylashtiriladigan reklamaga;

    ➖Internet jahon axborot tarmog'idagi materiallarni faqat chet tillarda joylashtiradigan veb-saytlarning axborot resurslariga joylashtiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Ro'yxatga olingan tovar (xizmat) belgilari, bosma usulda terilgan bo'g'inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo'lsa, shu tilda keltirilishi mumkin.

    Davlat tilining ahamiyati va e'tibori nuqtai nazaridan reklamada davlat tiliga nisbatan ustuvorlik berilishi tabiiy va to'g'ri. Bu davlat tiliga ega har qanday suveren mamlakat uchun normal hol va bu boshqa tillarni kamsitishga olib kelmaydi.