O‘zbekiston hududidan 6,8 mln tonna tranzit yuklari tashilgan

    Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

    Unga ko‘ra, 2023-yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 6,8 mln tonnani tashkil etgan.

    Tranzit yuklarning 5,5 mln tonnasi temir yo‘l transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 80,3 %) tashilgan.

    Tranzit yuklarning 1,3 mln tonnasi (jamiga nisbatan 19,7 %) avtomobil transporti orqali tashilgan.