Taʼkidlanishicha, respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 20-21-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
21-22-mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22-mart kuniga kelib 10-15 daraja iliqqacha boʻladi.
20-21-martda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
23-24-mart kunlari Oʻzbekistonning barcha hududida yogʻingarchiliksiz
ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Harorat kechalari salqinroq 5-8 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa harorat yana koʻtarila boshlaydi va 17-20 daraja iliqni, baʼzi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 20-22-mart kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda: 20-martda kechga tomon va 21-22-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
21-martda shamol tezligi 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat: bugun kunduzi 21-23 daraja iliq, 21-martda 15-17 daraja iliq, 22-martda 12-14 daraja iliq boʻladi. Harorat asosan kechalari 9-12 daraja iliq boʻladi.
23-24-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 6-8 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq boʻladi.