28-29-yanvarda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
28-yanvarda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
28-yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;
29-yanvarda Surxandaryo, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29-yanvarda respublika hududlari boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.