Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

    Yashil sayyora 20 Oktabr 2021 1178

    21-22-oktyabrda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keladi.

    Oʻzgidromet xabar berishicha, 21-22-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, koʻrinuvchanlik yomonlashadi.

    Havo harorati 10-13° ga, 21-oktyabrda kunduz kuni 8-13° iliqgacha, 22-oktyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliqgacha pasayishi kutilmoqda.

    21-22-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.