Ertadan boshlab respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo sovuqlashadi

    26-27-sentyabr kunlari front oʻtishida baʼzi joylarda shamol chang-toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

    Oʻzbekiston hududining katta qismida kunduzgi havo harorati yuqori boʻladi va 30-35° ni tashkil etadi. Faqat Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga Volga boʻyi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida havo harorati 20-25° gacha pasayadi.

    Ertaga havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirigacha Oʻzbekiston hududi nisbatan sovuq antitsiklon periferiyasi taʼsiri ostida boʻladi.

    Ertadan boshlab respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo sovuqlashadi, kunduzgi harorat 22-27° gacha pasayadi. 29-30-sentyabrda kechalari harorat pasayadi, kechasi va ertalab termomert ustuni 10-15° gacha pasayadi.

    26-27-sentyabr kunlari front oʻtishida baʼzi joylarda shamol chang-toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Janubning eng chekkasida va Fargʻona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

    Respublikaning tekislik hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga 27-sentyabr kuni togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.