Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va respublikaning choʻl hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchaydi, baʼzi joylarda shamol kuchayishi 28 m/s ga yetdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyati shimolida havo harorati ertalab -11...-17 daraja sovuqqacha pasaydi.

Bugun sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Kun davomida hududning katta qismida harorat 0...-5 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda, shimolda harorat -3...-8 daraja sovuq atrofida boʻladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechalari harorat -3...-8 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari -3 daraja sovuq- +2 daraja iliq atrofida, baʼzi joylarda 5 daraja iliqqacha boʻladi. Shimolda harorat kechalari -11...-16 daraja sovuq, -3...-8 daraja sovuq boʻladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida bugun kunduzi yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, yomgʻir qorga aylanadi. Dam olish kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.

Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 16-fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Poytaxtimizda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Bugun kunduzi harorat 0-3 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechalari -3...-5 daraja sovuq, kunduz kunlari -1daraja sovuq +2 daraja iliq boʻladi.