Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi, baʼzida esa sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-11° iliqqacha pasayadi.

Poytaxtimizda havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi, sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-8° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin.

Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi, baʼzida esa sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliq boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi