Bugun kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Ertaga – 23-aprelda kunning ikkinchi yarmida faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
24-aprelda Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi.
25-26-aprel kunlari respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi.
Ushbu kunlarda harorat foni deyarli oʻzgarmaydi. Harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 24-29 daraja boʻladi.
22-26-aprelda togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi.
24-25-aprelda shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.
22-aprelda harorat koʻtarilishi hisobiga baland togʻlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
22-23-aprelda togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo oʻzgarib turadi, 22-23-aprel va 25-aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
24-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 23-28 daraja boʻladi.