Xususan, Italining Trikaze shahridagi “Gallon shahzodalari saroyi”da (Palazzo Dei Principi Gallone) , joriy yilning 15-oktyabridan 2023-yilning 7-yanvarigacha davom etadigan oʻzbek hunarmandlik mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbir “Salento Film Festival” kompaniyasi ijrochi direktori Luidji Kampanile bilan birgalikda amalga oshirildi.

L.Kampanile elchixona bilan oʻrnatilgan yaqin doʻstlik aloqalarini inobatga olgan holda ushbu tadbirlarni Italiyaning keng jamoatchilik eʻtiboriga yetkazilishini taʻminlash maqsadida maxsus veb-sahifani ham ishga tushirdi. Ushbu onlayn nashrda koʻzgazmaga oid materiallar joylashtirilmoqda.

Oʻz navbatida, Trikaze shahri meri Antonio Di Dono ushbu koʻrgazmani tashkil etishdagi jonbozligi uchun Oʻzbekiston elchixonasiga alohida minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston hunarmandlik mahsulotlarini Italiyada keng targʻib etish boʻyicha navbatdagi koʻrgazma kelgusi yilning 20-yanvaridan 15-martiga qadar Apuliya viloyatidagi Bishelʻe shahrida joylashgan koʻhna “Tupputi” saroyida oʻtkaziladi.