Bu haqda Oliy Majlis senati xabar berdi.
Har yili “World Justice Project” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladigan ushbu indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xoʻjaligi va 4 mingga yaqin huquqshunoslar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazildi hamda qonuniylik darajasi baholandi.
Indeks 8 ta indikatorni, jumladan, “Hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi”, “Korrupsiyadan xolilik”, “Davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi)”, “Asosiy huquqlarni himoya qilish”, “Tartib va xavfsizlik”, “Huquqni muhofaza qilish”, “Fuqarolik va jinoiy odil sudlov” kabi indikatorlarni oʻz ichiga oladi.
Mazkur Indeksda Oʻzbekistonga berilgan baho mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat orasida ijobiy imijini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.