Blogerlarning ism-sharifi Ichki ishlar vazirligi saytining tegishli bo‘limida e’lon qilingan.

Birinchisi, Sanjar Xo‘ja taxallusi bilan tanilgan Sanjar Ikromov. U siyosat, iqtisod va psixologiya mavzularida yozadi va gapiradi. Hozirda Turkiyada yashaydi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Ikkinchi qidiruvdagi bloger — Sherali Komilov. U asosan ijtimoiy mavzularni ko‘tarib chiqadi. 

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi «b» bandi (firibgarlik o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) hamda 140-moddasi 3-qismining «a» bandi (haqorat qilish jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.