"O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 10 ta davlatga qiymati 4,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan", deya maʼlumot bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasiga 2,3 million, Ozarbayjonga 744 ming, Rossiyaga 470 ming, Afg‘onistonga 254 ming, Qozog‘istonga 141 ming, AQShga 128 ming, Tojikistonga 40 ming AQSH dollari miqdorida gilam eksport qilgan.