Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.
«2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish« mavzusidagi mazkur tadbir tashkilotchilari BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA), Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Strategik islohotlar va Davlat xizmatini rivojlantirish agentliklaridir.
Forum 23-iyun — BMTning Davlat xizmati kunida rasman ochiladi va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori darajadagi muzokaralar, innovatsion yechimlar va strategik hamkorlik uchun platforma vazifasini oʻtaydi.