O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida 8 pog‘ona yuqoriladi

    Heritage fondi va The Wall Street jurnali tomonidan Iqtisodiy erkinlik indeksining 2023 yil uchun hisoboti e’lon qilindi. Indeksda O‘zbekiston 56,5 ball bilan (2022-yilga nisbatan +0,8 ball) dunyo bo‘yicha 176 mamlakat orasida 109-o‘rinni egallagan va 2022 yilga nisbatan 8 pog‘ona yuqorilagan.

    Oʼzbekiston 12 ta indikatorning 7 tasida ijobiy va 5 tasida salbiy oʼzgarishlarni qayd etdi.

    Xususan, davlat yaxlitligi (+1,1 ball), soliq yuki (+2 ball), mehnat bozori erkinligi (+0,1 ball), monetar erkinlik (+2,3 ball), savdo erkinligi (+0,4), investitsiyalar erkinligi (+10 ball) va moliyaviy erkinlik (+10 ball).

    Shuning bilan birga, Oʼzbekiston indeksdagi mulkchilik huquqi (-0,7 ball), sud faoliyati samaradorligi (-0,1 ball) davlat xarajatlari (-3,2 ball), fiskal salomatlik (-11,3 ball) va biznes erkinligi (-0,2 ball) indikatorlarida pastlagan.

    Shuningdek, koʼp yillik iqtisodiy turgʼunlikdan soʼng, Oʼzbekiston 2017 yildan buyon iqtisodiy erkinlikni taʼminlashga qaratilgan ochiqlik va modernizatsiyaga oʼtishni ragʼbatlantiradigan siyosatni olib borayotgani taʼkidlangan.