«Oʻzbekiston Respublikasi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi.«Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul boʻlib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy meʼyor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi.
Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday koʻrinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanini bildiradi», – deyiladi TIV bayonotida.








