Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida 45 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 million dollarga teng boʻlgan 2,7 million juft oyoq kiyimlarini import qilgan.
Oyoq kiyimlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 million dollarga oshgan.
2021-yilning 9 oyida Oʻzbekiston oyoq kiyimlarini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 4,4 million;
Turkiya – 2,8 million;
Vyetnam – 756,5 ming;
Rossiya – 397,5 ming;
Italiya – 331 ming;
Chexiya – 229,2 ming;
Indoneziya – 180,5 ming;
Hindiston – 114,1 ming;
Qirgʻiziston – 99,5 ming;
Ispaniya – 77,7 ming;
Portugaliya – 60,9 ming dollar, deb maʼlumot beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.