баннер
27 Apr 2025
07:49

    Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha AQSH bilan muzokaralarni yakunlandi

    AQSH Savdo vakili Ketrin Tay AQSH maʼmuriyati Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlayotgani haqida bayonot berdi.

    Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida olib borayotgan harakatlari doirasida tovarlar va xizmatlar boʻyicha ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarining yakunlanganini eʼlon qildi.

    Shuningdek, u oʻz bayonotida Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha doimiy saʼy-harakatlarini eʼtirof etgan.

    «AQSH Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish saʼy-harakatlari doirasida Oʻzbekiston bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini eʼlon qilishdan mamnun. Oʻzbekiston 1994-yilda JSTga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirdi va 2020-yilda JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida faol ish boshladi. Oʻzbekistonning muzokaralarni ilgari surish boʻyicha qatʼiy majburiyatlari soʻnggi ikki yil davomida sezilarli yutuqlarga erishdi, jumladan, ikki tomonlama kelishuvimiz muvaffaqiyatli yakunlandi», deyiladi bayonotda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech