Uchrashuv mezbonlar ustunligi ostida oʻtdi. Birinchi boʻlimning 28-daqiqasida Aziz Turgʻunboyev ajoyib zarbasi bilan toʻpni darvozaga kiritdi. Ikkinchi boʻlimda ham qator imkoniyatlar yuzaga keldi.
86-daqiqaga kelib esa oʻziga uzatib berilgan toʻpni ajoyib tarzda toʻxtatgan Eldor Shomurodov gol urdi va hisobni ikkitaga oshirdi. 90+2-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyevning goli esa hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.
Shunday qilib, ushbu gʻalaba bilan Oʻzbekiston MTJ guruhda 21 ochko toʻplagan holda mundialga ishonchli tarzda yoʻl oldi.