O'zbekiston eksportining 43,5% ulushini oltin tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasining 2020 yil yanvar`-oktyabr` oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi ma'lumotida keltirilgan.
So'nggi ikki oy davomida oltin eksport qilinmagan bo'lsa-da, jami 13,3 mlrd dollarni tashkil qilgan eksport hajmining 5,8 mlrd dollar qismi oltin eksportiga tegishli. 2018 yilning shu davrida bu ko'rsatkich 15,1 foizga, 2019 yilda esa 28,1 foizga teng bo'lgan.

Yanvar-oktyabr oylari boʻyicha Oʻzbekiston importining hajmi 16,7 mlrd dollarni tashkil qilib, shundan 25,3 mln dollar oltin importiga toʻgʻri keladi.
Bu vaqt oraligʻidagi eksport hajmining eng katta qismini oltin egallagan boʻlsa, importning 37,8 foiz ulushini mashinalar va transport asbob-uskunalar tashkil qilgan.