Oʻzbekiston joriy yilda qancha shisha idish va buyumlar eksport qilgani ochiqlandi

    Shisha idish va buyumlarning qoʻshni Qozogʻiston mamlakatiga eksport hajmi oʻtgan yilga nisbatan 11 baravarga oshirilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 8 oyi davomida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,4 mln. AQSH dollariga yoki 3,6 baravarga koʻp.

    Eng koʻp eksport hajmi Qozogʻiston (7,4 million dollar), Turkmaniston (1,9 million dollar), Tojikiston (976,5 ming dollar), Qirgʻiziston (589,7 ming dollar), Gruziya (435,4 ming dollar), Rossiya (204,1 ming dollar) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.