Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari (tanlovga) oʻz ijodiy ishlarini Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga, hududlardagi OAV vakillari esa (materiallarini) uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari orqali joriy yilning 5-iyunigacha shaxsiy maʼlumotnoma, bogʻlanish uchun telefon raqami va pasport nusxasini ilova qilingan holda taqdim etishlari lozim boʻladi. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha ijodiy ishlar soni beshtadan kam, oʻntadan koʻp boʻlmasligi belgilangan.

Matbuot va internet yoʻnalishlari boʻyicha materiallarning elektron (Word) shakli (material qachon va qayerda eʼlon qilingani koʻrsatilishi shart) quyidagi raqamga (90 - 045-54-88) ochilgan telegramm manziliga yuborilishi soʻraladi. Televideniye va radio yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy ishlar CD va DVD disklarda qabul qilinadi.

“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi gʻolib va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bagʻishlab 27-iyunda oʻtkaziladigan bayram tadbiri arafasida topshiriladi.

Barcha yoʻnalishlar boʻyicha materiallarning asl yoki koʻchirma nusxalari (tegishlicha qogʻoz va disk shaklida) “Yilning eng faol jurnalisti” tanloviga deb koʻrsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

1000011, Toshkent shahri,

Navoiy koʻchasi, 30-uy.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Murojaat uchun telefonlar: 71-244-64-61; 71-244-62-93.