Oʻzbekiston Kambodjani yirik hisobda magʻlub etdi

    Avval xabar berganimizdek, Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida chim ustida xokkey boʻyicha Osiyo oʻyinlari-2022 uchun saralash musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

    Ushbu musobaqada Oʻzbekiston chim ustida xokkey boʻyicha ayollar terma jamoasi aʼzolari ham qatnashmoqda.

    Bugun saralash doirasida beshinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Ushbu turda vakilalarimiz kambodjalik raqibalariga qarshi oʻyin oʻtkazib, 8:0 hisobida gʻalaba qozondi. Hamyurtimiz Hasanboyeva Zulfiyaxon uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisi deb topildi.

    Endilikda jamoamiz hisobida olti ochko mavjud. Vakilalarimiz oltinchi tur doirasidagi uchrashuvini ertaga Shri Lanka termasiga qarshi oʻtkazadi.

    Ilgariroq, qizlarimizning avvalgi turlardagi natijalari va musobaqa haqida umumiy maʼlumot bergan edik.