Uchrashuv davomida tomonlar siyosat, iqtisodiyot va parlamentlararo hamkorlik sohalarida Oʻzbekiston-Kanada hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish, xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Alberta universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Parlament aʼzosi bu sohadagi hamkorlik istiqbollarini qayd etib, Kanadaning tegishli muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va axborot almashish, ilmiy-uslubiy resurslarni jalb etish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlari va stajirovkalarni tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini bildirdi.

Kanada parlamenti vakillari bilan uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston-Kanada parlamentlararo munosabatlari masalalari yuzasidan doimiy aloqalarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.