O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tizimini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi ko‘p yillik samarali xizmati, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifa va dasturlar ijrosini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:


    «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

    Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Sabirov Kutlimurat - O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Abdualimov Eshmirza Uralovich - O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

    Akberdiyev Abdug‘ofur Bektoshevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining yordamchisi

    Axmedov Isak Nabiyevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari

    Matisayev Xamidullo Pazildjanovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri

    Norqulov Hasan Xaydarovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

    Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti rektori

    Xamidov Tayirjon Kasimdjanovich - O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Bedilov Ravshan Melsovich - O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

    II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

    Imamkuliyeva Sanobar Atabayevna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Davolash-profilaktika markazi terapevti

    Xanapiyayev Farxodjon Raxmanovich - O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Saitbekova Zerxan Jaksilikovna - Mo‘ynoq tumanidagi «Oq kema» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    «Shuhrat» medali bilan

    Abdumuxtorov Anvarjon Akramjonovich - O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

    Alimov Jasurjon Kamildjanovich - Bo‘stonliq tumanidagi «Oq-tosh sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

    Samarbekov Ravshanbek Yuldashovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri o‘rinbosari

    Urmanbekova Muxabbat Davranbekovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Matbuot xizmati rahbari

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev