Unda Oliy Majlis palatalari Kengashlari aʼzolari, deputatlar, senatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qoʻshma majlisda mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishga oid choralarni koʻrish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizning barqaror rivojlanishini taʼminlash bilan bogʻliq jamiyatni barpo etish gʻoyasi xalqimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Majlisda soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi, yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagilarga zamon talablariga mos ravishda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini jamiyatdagi bugungi real voqelikka moslashtirishni taqozo etayotgani alohida aytib oʻtildi.

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng koʻlamli vazifalar, xususan, adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash kabi ulugʻvor maqsadlar bu borada zarur huquqiy asosni taʼminlovchi konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga koʻymoqda.

Bosh qomusimizdagi oʻzgarishlar “Yangi Oʻzbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam poydevordir.

Yigʻilishda Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tarkibi va vazifalari belgilandi.

Komissiyaning tarkibiga jamiyatimizning turli qatlamlaridan, xususan, deputatlar, senatorlar, barcha hududlardan vakillar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetuk huquqshunos, siyosatshunos va boshqa ekspertlar kiritildi.

Majlisda senator va deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish boʻyicha bir qator fikr-mulohazalar bildirildi.

Konstitutsiyaviy komissiya oʻz faoliyatini “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan gʻoya asosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda olib borishi, keng jamoatchilik vakillari hamda xalqimizning taklif va fikrlari asosida shakllantirishi lozimligi taʼkidlandi.

Komissiyaga oʻz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni olish borasida vazifalar qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya

TARKIBI

1.

SAIDOV
Akmal Xolmatovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, yu.f.d., professor, akademik, komissiya raisi

2.

KAMALOV
Murat Kallibekovich

–

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3.

BURXANOV
Kutbidin Nukritdinovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasi raisi, Toshkent viloyati, komissiya raisi oʻrinbosari

4.

XAITOV
Aktam Axmadovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, fraksiya rahbari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasi raisi, i.f.n. komissiya raisi oʻrinbosari

5.

QODIROV
Alisher Keldiyevich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, fraksiya rahbari, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari

6.

TOJIYEV
Odiljon Fotihjon oʻgʻli

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, komissiya matbuot kotibi

Yigʻma axborot-tahlil ishchi guruhi

7.

RAXMANKULOV
Mir-Akbar Xodji-Akbarovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, yu.f.d., professor, akademik,
guruh rahbari

8.

CHOʻLLIYEV
Shuxrat Askarovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari,

Buxoro viloyati

9.

XUSANOVA
Muxtabar Akbarovna

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, yu.f.n.

10.

XAKIMOV
Raxim Rasuljonovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari, yu.f.d., professor

11.

MIRAKULOV
Mirafzal Mirodilovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Huquq yoʻnalishidagi ilmiy-texnik Kengash raisi oʻrinbosari, yu.f.d., professor

12.

MUXTOROV
Nodir Ilxomjonovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi, yu.f.n.

13.

ISMAILOVA
Gulnoza Saydiganixodjayevna

–

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, yu.f.d.

14.

ABIDXOʻJAYEV
Umid Kutpitdinovich

–

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d.

Qonunchilik palatasi deputatlari

15.

INOYATOV
Ulugʻbek Ilyasovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, fraksiya rahbari, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi, p.f.d., professor

16.

IBRAGIMOVA

Zuxra Ametovna

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari

17.

GAPPOROV
Xayrillo Lutpillayevich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari, k.f.n.

18.

SHIRINOV
Jahongir Jabborovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi, yu.f.n.

19.

NAZAROV
Sharofiddin Xakimovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi, i.f.d.

20.

SALIXOV
Erkin Tagirovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi

21.

ABDULLAYEV
Ilhom Zoirovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi, s.f.d.

22.

BEKMURODOV
Bobur Mansurovich

–

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi

23.

PAK
Viktor Nikolayevich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi

24.

JOʻRAYEV
Qodir Asadovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi, s.f.d.

25.

POLVANOV
Shuxrat Tagaymuratovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi

26.

SHADMANOV
Adxam Xursanbayevich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi

27.

KOMPOLSHIK
Yelena Aleksandrovna

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi

28.

ARIPOV

Davron Raximovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi

29.

KARIMOV
Tulkinjon Payziyevich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi, s.f.n.

30.

KUDRATOV
Inomjon Sattarkulovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi

31.

XUDAYBERDIYEV

Zafar Raximovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi, i.f.d.

Senat aʼzolari

32.

KADIRXANOVA
Malika Akbarovna

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi,

Toshkent viloyati

33.

TAJIYEV
Baxadir Sadullayevich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi,

Xorazm viloyati

34.

UMAROV
Nariman Madjitovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi, g-m.f.n.,

Prezident Farmoni

35.

ALIXANOV
Boriy Batirovich

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi,

Prezident Farmoni

36.

RAFIKOV
Kudratilla Mirsagatovich

–

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, senator,

Prezident Farmoni

37.

TURDIYEV
Sodiqjon

–

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi, senator, Oʻzbekiston Qahramoni,

Andijon viloyati

38.

XALMURADOV
Rustam Ibragimovich

–

Samarkand davlat universisteti rektori, t.f.d., professor, senator,

Samarqand viloyati

39.

ANNAKLICHEVA
Gulistan Axmedovna

–

“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri, senator,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

40.

PARDAYEV
Nusuratulla Markayevich

–

Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi, senator,

Jizzax viloyati

41.

NAJMIDDINOV
Ikromxon Xoshimxonovich

–

Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi

boshligʻi oʻrinbosari, q-x. f.n., senator,

Namangan viloyati

42.

BOʻTAYEVA
Baxtigul Abraxmatovna

–

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani
17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, senator,

Surxondaryo viloyati

43.

ARTUKBAYEVA
Xaytxan

–

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi masʼul rahbari, senator,

Sirdaryo viloyati

44.

IRKAYEV
Abduraxim Pandjiyevich

–

Qarshi davlat universiteti milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti, f.f.n., senator,

Qashqadaryo viloyati

45.

ORZIYEVA
Dilbar Adizovna

–

Karmana tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi “Yangi zamon bolalalari” oilaviy mehribonlik uyi tarbiyachisi, senator,

Navoiy viloyati

46.

MARUFOVA
Gulnora Maxmudovna

–

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senator,

Prezident Farmoni (Fargʻona viloyati)