Tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga huquqiy zamin boʻlib xizmat qilayotgan asosiy Qonunimizning ahamiyati hayotiy misollar bilan tushuntirilib berilmoqda. Konstitutsiyada belgilab berilgan qoida va tamoyillar asosida mamlakatimizda qonunchilik tizimi, davlat va nodavlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllantirildi va yanada takomillashtirilib borilmoqda.

Tarmoqdagi Oʻzbekiston milliy arxivlarida bayram arafasi tadbirlari tashkillashtirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Milliy arxivida “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining tarixiy va amaliy ahamiyati” mavzusida tantanali yigʻilish tashkil etildi. Tantanali yigʻilish shu sanaga bagʻishlangan tadbirga ulanib ketdi. Tadbir davomida bir qator soha xodimlari “Soha iftixori” koʻkrak nishoni, «Oʻzarxiv» agentligi “Faxriy yorligʻ”i va “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandi.

Aytish kerakki, tadbir ishtirokchilari Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, arxivlar faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan mehnat huquqi sohasidagi islohotlar borasidagi maʼruzalarni katta qiziqish bilan tinglashmoqda. Eng muhimi mavzu yuzasidan oʻz fikrlari va qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etmoqda.

Darhaqiqat, Konstitutsiya bu – hayotimizning goʻzal va obod boʻlishi, davlat chegaralarining daxlsizligi va xalqimizning nurafshon hayotining taʼminlab beruvchi Bosh qomusimizdir. Uning tarixiy va amaliy ahamiyati ham shu maʼnoda uzoq va yaqin tariximiz, amalga oshirayotgan yangi islohotlar zamirida mujassamdir.