Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Prezident gʻalabasini nishonlamoqda

    Saylov 25 Oktabr 2021 2358

    Poytaxtimizdagi “Xumo arena” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Prezident saylovining dastlabki natijalariga bagʻishlangan tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

    Tadbirda OʻzLiDeP faollari, tadbirkorlar va ishbilarmonlar, turli soha vakillari, sanʼat va madaniyat namoyandalari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik ishtirok etmoqda.

    Yigʻilganlar Markaziy saylov komissiyasi matbuot markaziga onlayn tarzida bogʻlanib, saylovning dastlabki natijalarini kuzatib bordi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozongani haqidagi xushxabar yigʻilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

    Shavkat Mirziyoyev tadbirda soʻzga chiqib, oʻziga bildirilgan yuksak ishonch uchun butun xalqimizga minnatdorlik bildirdi.

    Tadbir davom etmoqda.