Oʻzbekiston limonini endi Hindiston, Yaponiya, Myanma, Ganaga ham eksport qilish mumkin

    Agrosektor 29 Sentabr 2020 600

    “O'zdavkarantin” inspektsiyasi limon mahsuloti eksporti uchun yangi bozorlar ochilganini ma'lum qildi. 

    Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi anaʼnaviy bozorlardan tashqari endilikda limonni Hindiston, Yaponiya, Myanma, Gana davlatiga eksport qilish imkoniyati mavjud.

    Shuningdek, Koreya, Xitoy, Filippin, Eron, Vyetnam, Isroil, Pokiston, Tailand, Bangladesh va Iordaniya davlatlariga limon eksporti uchun ruxsat berilishi kutilmoqda.