Oʻzbekiston Madaniyat va turizm vazirligi Germaniyada eʼtirof etildi

    «PATWA International Travel Awards» mukofoti aviatsiya, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va operatorlari, sayyohlik yo‘nalishlari, davlat idoralari, vazirliklar, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar kabi turizmni rivojlantirishda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.

    Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan «PATWA International Travel Awards 2023» yillik tadbirida O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi «Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi» nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.

    Madaniyat va turizm vaziriligi maʼlumotiga ko‘ra, “PATWA” har yili dunyodagi eng yirik sayohat yarmarkasi hisoblangan «ITB Berlin» («Internationale Tourismus-Börse Berlin») doirasida «PATWA International Travel Awards» tadbirini tashkil qiladi. Tadbirda 7 mingdan ortiq jurnalist va 180 mamlakatdan sayyohlik sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.

    «PATWA International Travel Awards» mukofoti aviatsiya, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va operatorlari, sayyohlik yo‘nalishlari, davlat idoralari, vazirliklar, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar kabi turizmni rivojlantirishda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.

    Maʼlumot uchun: joriy yilning 7 - 9 mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan «ITB Berlin» turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stend bilan ishtirok etdi.