Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

    Allayev Dolli Hakimovich — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

    D.Allayev 1965-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan. 1989-yilda Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – tarix va jamiyatshunoslik fani oʻqituvchisi.

    Tayinlovga qadar Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.